Loading

wait a moment

“AYAZIY” BILIMDONLARI TANLOVINING YAKUNI

Kuni kecha Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog’iston Respublikasi Kengashi tomonidan yoshlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib etishga yo’naltirilgan “Ayaziy” bilimdonlari tanlovining yakuniy bosqichi o’tkazildi. O’zbekiston qahramoni, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov nomini abadiylashtirish, adabiyot yo’nalishi bo’yicha iqtidorli yoshlarni izlab topish maqsadi tashkil etilgan tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan jami 1300 nafar yoshlar qamrab olindi. Tanlovning respublika bosqichida 32 nafar yoshlar 3 ta shart bo‘yicha o’zaro bellashdi

Baholash natijalariga ko‘ra 14-19 yosh toifasida 1-o’rinni Chimboy tumani ishtirokchisi Gulchexra Aytmuratova, 20-30 yosh toifasida 1-o’rinni Nukus tumani ishtirokchisi Aytnazarova Ulperilar qo‘lga kiritdi. G‘oliblar maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *