Loading

wait a moment

Район хаккында

Nukus tumani Qoraqalpog’iston Respublikasining shimolida joylashgan bo’lib, tuman 1968 yili 25 dekabr kuni tashkil topgan.

Tuman shimol-g’arbdan Qonliko’l tumani, shimoldan Kegayli tumani, sharqdan Qorao’zak tumani, janubdan Nukus shahri va janubiy-g’arbdan Xo’jayli tumani bilan chegaradosh.

Tumanning umumiy yer maydoni 94391 ga, shu jumladan sug’orilib ekiladigan yerlar 31022 ga.

2019 yil 1 aprel holatiga aholisi soni 49,4 ming kishini tashkil etadi. Shundan 10,2 ming kishi shaharda, 39,2 ming kishi qishloqda yashaydi.

Tumanda 1 shaharcha, 3 ta mahalla  (Toktaw, Qutankol, Aqterek) va 6 ta qishloq fuqarolar yig’inlari (Baqanshaqli, Qirantov, Taqirkul, Samanbay, Kerder, Arbachi) bor. Markazi Aqmangit shaharchasi.

Tumanda hozirgi davrda 2 ta qishloq xo’jalik kolleji, 1 ta sanoat transport kolleji, 32 ta maktab, 142 ta o’ringa muljallangan kasalxona, kuniga 380 odam qabul qiladigan poliklinika, 2 ta axborot resurs markazi, 1 ta bolalar va o’smirlar sport maktabi, 1 ta musiqa maktabi faoliyat ko’rsatmoqda.

Tuman iqtisodiy negizini asosan paxtachilik va dehqonchilik tashkil etadi.